Ikki nafar sudyaning vakolati muddatidan oldin tugatildi

Jamiyat

image

Bugun, 7 may kuni Farg‘ona va Samarqand viloyatida ikki nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Sudyalar oliy kengashi qarori bilan yozma arizasiga binoan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudining sudyasi Qudratbek Muhammadovich Abdullayevning vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.

Shuningdek, Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining raisi To‘lqin Ro‘ziyevich Usmonov ham lavozimidan ozod etilib, vakolati muddatidan oldin tugatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

219

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing