Ikki marta lotereyadan million dollar yutgan odam muvaffaqiyat sirini ma’lum qildi

Bu qiziq

image

Amerikaning Kolorado shtatidagi Puyeblo shahrida yashovchi odam bir kunning o‘zida ikki marta lotereyada million dollar yutib oldi. U OAVlarga bunga qanday erishganini so‘zlab berdi.

O‘zini Jo B. deb tanishtirgan lotereya ishqibozi o‘yinda barqarorlik tufayli bunga erishganini aytdi. So‘nggi 30 yil ichida u doimiy ravishda lotereya chiptalariga 5-9-27-39-42 raqamlarining kombinatsiyasini kiritgan.

Joriy yilning 25 mart kuni u yana ikki do‘kondan “Powerball“ lotereya chiptalarini sotib oladi va ikki marta millioner bo‘ldi. U ushbu usulda lotereya o‘ynashni davom ettirishni ma’lum qilgan.

27 aprel kuni Jo lotereya markaziga keldi va pul mukofotini olib ketdi. U yerda u Kolorado Lotereya belgisi fonida yutuqlari miqdorini ko‘rsatilgan ikkita chipta bilan suratga tushdi. Omadli amerikalik pulni nimaga sarflashini hali o‘ylamaganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Lotereya

Baholaganlar

626

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing