Ikki marta qamalib chiqqan “Hizb ut-Tahrir” a’zosi yana qamaldi

Jamiyat

image

Farg‘onada 43 yoshli “Hizb ut-Tahrir” a’zosi 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Ichki  ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning fevral oyida Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi, O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdori 43 yoshli A.M.ning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, A.M. muqaddam “Hizb ut-Tahrir” safida faoliyat olib borgani uchun 2000-2004 va 2007-2013 yillarda jazo muddatini o‘tab chiqqan.

Biroq, u o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, jinoiy faoliyatini tiklab, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Azam Shodmonov” nomli profili orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilib, virtual do‘stlariga “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkilotining audio-video materiallarini tarqatib kelgan.

A.M.ning jinoiy harakatlari ayni paytda Polshada yashirinib kelayotgan “Hizb ut-Tahrir”ning g‘oyaviy yetakchilaridan biri bo‘lgan, O‘zbekistondagi va xorijdagi o‘zbeklarni radikallashuviga hamda jinoyatchiga aynalib qolishlariga sababchi bo‘layotgan “Mahmud Abdulmo‘min” taxallusli, Qirg‘izistonda tug‘ilgan, mazkur davlat fuqarosi va sodir etgan jinoyatlari uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan 42 yoshli Mahmudjon Abdumalikovich Xoldarov tomonidan boshqarilgan.

Joriy yilning iyul oyida A.M.ning jinoiy qilmishlari Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, u 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

“Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkiloti

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar