Ikki kunlik pasayishdan so‘ng dollar kursi oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 28,92 so‘mga oshdi va 11 915,64 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 32,19 so‘mga ko‘tarilib, 13 749,46 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,18 so‘mga arzonlashdi va 146,19 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 4,29 so‘mga ko‘tarilib, 1765,52 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 400 so‘mga oshdi va 1 mln 828 ming 300 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 6 avgust Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 8 mln 206 ming 956 so‘mga oshdi va 769 mln 206 ming 956 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing