Ikki fuqaroni fohishalik qilish uchun Turkiyaga yuborayotgan namanganlik ayol ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Andijon viloyatida ikki nafar fuqaroni fohishalik qilish uchun Turkiyaga yuborayotgan namanganlik ayol ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, DXX Namangan viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida joylashgan “Do‘stlik” xalqaro nazorat o‘tkazish maskanida Namangan shahrida yashovchi ayol N.N. o‘zining 2 nafar tanishini Turkiya davlatiga fohishalik qilish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Aniqlanishicha, 1987 yilda tug‘ilgan N.N. joriy yilning mart oyida Turkiya davlatidan doimiy yashash manziliga qaytib kelgach, 1990 va 1993 yilda tug‘ilgan ikki nafar tanish ayollarini Istanbul shahrida fohishalik bilan shug‘ullanib, mo‘may pul topishga qiziqtiradi. 

So‘ngra, Turkiyaga Qirg‘iziston orqali ketishlarini aytib, ularga o‘z hisobidan Bishkek-Istanbul aviareysiga chiptalar xarid qiladi, shuningdek, viza hamda chet elga chiqish pasportlari uchun to‘lovlarni ham amalga oshiradi. 

Bu bilan ularni o‘ziga moddiy jihatdan qaram qilib, manzilga yetib borganlaridan keyin bir oy davomida fohishalik qilish orqali sarflangan yo‘l xarajatlarini qoplashlarini hamda har oyda ishlab topgan pullarining 30 foizini berishlarini talab qiladi. 

Ta’kidlash lozimki, N.N. Turkiyada bo‘lgan davrida O‘zbekistondan olib borilgan ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlab kelgan.

Hozirda N.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing