Ikki davlat Prezidentlari muzokaralar natijalaridan mamnun
Jamiyat
−
28 may 2019
5161O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlarining muzokaralarи yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
Axborot almashish va uni himoya qilish, parnik gazlari chiqarilishini kamaytirish va iqlim o‘zgarishlariga moslashish, “Volkswagen” kompaniyasi bilan hamkorlikda tijorat avtomobillari ishlab chiqarish to‘g‘risida va boshqa hujjatlar imzolandi. Prezident ushbu kelishuvlar, айниқса, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan Germaniyaning “Integra GmbH” va “Vamed Engineering GmbH” kompaniyalari hamkorligida Toshkent shahrida Yadroviy tibbiyot va nurli terapiya markazini tashkil etish bo‘yicha bitim o‘zbek xalqi uchun katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Ommaviy axborot vositalari uchun o‘tkazilgan brifingda Prezidentlar muzokaralar an’anaviy do‘stlik, ochiqlik va o‘zaro anglashuv ruhida o‘tgani, muhim kelishuvlarga erishilganini qayd etdi.
“Joriy yil yanvar oyida Берлин shahrida o‘tgan uchrashuvimizning mantiqiy davomi bo‘lgan bugungi muzokaralar natijalaridan to‘la mamnunman. Ikki tomonlama hamkorlikning деярли barcha yo‘nalishlari – siyosiy muloqot, parlamentlararo aloqalar, савдо-iqtisodiy, investitsiyaviy, маданий-gumanitar va boshqa ko‘plab соҳаларга doir masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston va Germaniya hamkorligining bugungi holati muhokama qilinib, kelgusi ustuvor yo‘nalishlar va vazifalar belgilab olindi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
“O‘zbekistonda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda o‘sish ro‘y berayotganini ko‘ryapmiz va bunga hurmat bilan qaraymiz. Katta delegatsiyadan iborat ushbu tashrifiмиз ham hamkorlikni kengaytirishga intilishimiz va qo‘llab-quvvatlashimizdan dalolat beradi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida va Yevropa Ittifoqi doirasidagi aloqalarga doir кенг ko‘lamli masalalarni muhokama qilganimizdan, ularning natijalaridan mamnunmiz”, dedi Frank-Valter Shtaynmayer.
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-маданий munosabatlar ривожига hissa qo‘shib kelayotgan Germaniya tashkilotlari va vakillariga minnatdorlik bildirdi.
GFR Prezidentи Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davom etmoqda.
LiveBarchasi