Ikki ayolning firibi ish bermadi
Jamiyat
−
08 avgust 2019
3270Sirdaryoda viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona postining “Oqoltin” o‘tkazish punkti orqali Qozog‘istondan O‘zbekistonga piyoda harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Abdumo‘minova Sayyora Mirzamahmud qizi bilan og‘zaki savol-javob qilinganda, uning xatti-xarakatlaridan bojxona xodimlarida shubha uyg‘ondi. Uning qo‘l sumkasi tekshirilganda, sumkanning tag qismidagi astari ostiga yashirilgan 395,96 grammdagi taxminiy narxi 11 million 868 ming so‘mlik zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Shuningdek, ushbu chegara bojxona posti orqali Qozog‘istondan O‘zbekiston tomon harakatlanayotgan, O‘zbekiston fuqarosi Djumamuratova Yerkinay Tursinbayevnaning ichki kiyimiga yashirilgan og‘irligi 83,50 gramm bo‘lgan taxminiy bahosi 20 million 875 ming so‘mlik ayollar zargarlik buyumlari borligi aniqlangan.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023