Ikki ayolni fohishalikda ayblagan “uchastkoviy”lar qamoqqa olindi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida ikki nafar ayolning profilaktika inspektorlari bilan janjallashayotganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, holat yuzasidan IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan va tekshiruv yakuni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar fuqarolar Sh.X., N.S. va profilaktika inspektorlari I.M., Sh.P.ning harakatlariga qonuniy baho berish uchun Chilonzor tumani prokuraturasiga yuborilgan.

Bosh prokuraturaning holat bo‘yicha bergan ma’lumotida qayd etilishicha, joriy yilning 9 avgust kuni Chilonzor tuman IIO FMB xodimlari mansab vakolatlari doirasidan chetga chiqqan holda yashash xonadoniga kirib kelayotgan ikki nafar ayolni asossiz fohishalikda ayblab, IIB tayanch punktiga olib borishgan va u yerda ularning huquqlarini buzishga qaratilgan harakatlar sodir etishgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 206 va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Jinoyat ishi doirasida ikki nafar shaxsga nisbatan  “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1440

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing