Ikki ayolni fohishalik uchun Turkiyaga jo‘natayotgan erkak ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 13 may kuni ikki nafar moddiy jihatdan qiynalgan ayolni Turkiyaga fohishalik qilish uchun jo‘natayotgan er-xotin qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.

Bildirilishicha, Bo‘ka shahrida yashovchi er-xotin 1989 yilda tug‘ilgan Z. va 1995 yilda tug‘ilgan K. ismli shaxslar oldindan jinoiy til biriktirib, Toshkent viloyatida yashovchi moddiy jihatdan qiynalgan 1999 yilda tug‘ilgan M. va 1994 yilda tug‘ilgan M.ga Turkiyada mo‘may daromad to‘lanadigan ish topib berishini, va’da qilgan. “Hojatbaror”lar yordam sifatida yo‘l xarajatlarini o‘z hisobidan qoplab berishini ham aytgan.

Dastlabki surushtiruvlar davomida ularning maqsadi ayollarni Turkiya davlatiga fohishalik uchun yuborish ekanligi aniqlangan. Z.ning turmush o‘rtog‘i K. joriy yilning aprel oyida eri bilan oldindan kelishgan holda Turkiya davlatiga jo‘nab ketgani va turmush o‘rtog‘i olib borishi kerak bo‘lgan ayollarni kutib olishi kerakligi ma’lum bo‘lgan. 

Z. ayollarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Toshkent-Istanbul aviareysi orqali Turkiyaga olib ketayotgan vaqtida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 25, 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi Toshkent viloyati

Baholaganlar

131

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing