Ikki aeroport faoliyati cheklandi
Jamiyat
−
06 yanvar 2023
5831Namangan va Andijon xalqaro aeroportlarida quyuq tuman tufayli ko‘rish masofasining qisqargani samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatilishiga olib keldi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” ma’lum qildi.
Namanganda ko‘rinish chegarasining 700 metrgacha pasayib ketishi sababli HY9816/9821 (Orenburg-Namangan-Irkutsk) va HY9822/94 (Irkutsk-Namangan-Toshkent) yo‘nalishlari bo‘yicha reyslari o‘zgartirildi.
Air Arabia aviakompaniyasining Sharja-Namangan-Sharja, shuningdek, Red Wings aviakompaniyasining Moskva-Namangan-Moskva reysi Toshkent xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.
Noqulay ob-havo sharoiti (ko‘rish masofasi 900 metr) Andijon aeroporti ishining cheklanishiga ham sabab bo‘ldi. “Uzbekistan Airways”ning HY091 (Toshkent-Farg‘ona), HY049 (Farg‘ona-Samarqand), HY050 (Samarqand-Farg‘ona) va HY092 (Farg‘ona-Toshkent) reyslari o‘zgartirilgan yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.
LiveBarchasi