Iqtisodiyotni rivojlantirish vazirligining vazifalari kengaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-6263-son farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5975-son farmonda bayon etilgan Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining asosiy vazifalariga qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, vazirlik zimmasiga davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish sohasida quyidagi vazifalar yuklatildi:

  • “Davlat funksiyalari – biznes uchun imkoniyat” loyihasi va davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek xususiy sektorning tegishli takliflarini e’lon qilish va muhokamadan o‘tkazish uchun elektron maydoncha faoliyatini yuritish;
  • xususiy sektorga berilishi mumkin bo‘lgan davlat funksiyalarini tahlil qilish va o‘rganish natijasida tegishli choralar ko‘rish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing