Iqtisodiy inqiroz vaqtida kommunal sohaga qancha mablag‘ ajratiladi?

Jamiyat

image

Koronavirus pandemiyasi ortidan kelgan inqiroz vaqtida davlat tashkilotlari, hususan, kommunal soha vakillariga ham ma’lum mablag‘lar ajratish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Moliya vaziri Timur Ishmetov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida aytib o‘tdi. 

“Jamoat ishlarini tashkillashtirish uchun jamg‘armadan 50 milliard so‘m pul ajratilgan. Bu mablag‘lar vaqtincha ishsiz odamlarni jamoat ishlariga jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash uchun ishlatiladi. Kasaba uyushmalari uchun 100 miliard so‘m ko‘zda tutilgan va hozircha 60 milliard so‘m pul ajratildi. Bu pullar kam ta’minlangan ayollarga ko‘mak berish maqsadida sarflanadi. 

Shunday paytda davlat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash kerakmikin, degan savollar o‘rtaga chiqadi. Kechirasizki, uyimizda svet bo‘lishi, suv kelishini aynan shu davlat tashkilotlari ta’minlab turibdi. Elektroenergiyani ta’minlash uchun jamg‘armadan 500 milliard so‘m ssudalar ajratilgan. “O‘zbekneftgaz” jamg‘armasiga 400 milliard so‘m pul yo‘naltirilgan. Bugungi kunning oxiriga qadar “Toza hudud” tashkilotiga 60 milliard pul ajratamiz”, deydi Moliya vaziri.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing