IIVga yangi vaqolat berilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Ichki ishlar vazirligiga avtomototransport va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash sohasidagi nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati turi uchun litsenziya berish vakolati berilmoqda. 

Bugun, 8 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida muhokama qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida IIVga mazkur vakolatning berilishi ko‘zda tutilgan.

Amaldagi tartibga ko‘ra, haydovchilik huquqini beruvchi guvohnomani olishga o‘qitish tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan bo‘lib, ularga tegishli litsenziyalar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilishi belgilangan.

Deputatlarning ta’kidlashicha, yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalariga yuklatilgan bo‘lib, natijada bunday tartib turli nomuvofiqliklarni keltirib chiqarmoqda. Ya’ni litsenziya beruvchi va uni ijrosini nazorat qiluvchi organlar – boshqa-boshqa organlar bo‘lmoqda. Bu esa haydovchilar tayyorlash tizimini yaxlit holda nazorat qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti.

Taklif etilayotgan qonun loyihasida yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida endilikda haydovchilarni tayyorlovchi ta’lim sub’ektlari va imtihon markazlariga bu turdagi faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaning Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilishi belgilanmoqda.

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi haydovchilarni tayyorlovchi ta’lim sub’ektlariga litsenziya berish va ularni faoliyatini nazorat qilish yagona davlat organi — ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari vakolatiga o‘tkazish orqali ta’lim sifatini oshirilishiga hamda yo‘llarda harakatlanish xafsizligini ta’minlanishiga erishiladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyevning qayd etishicha, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, ushbu faoliyat turi uchun davlat boji miqdori BHMning 10 baravari miqdorida etib belgilash ko‘zda tutilgan. 

Mazkur qonun loyihasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ichki ishlar vazirligi

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing