IIVda yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi

Podpolkovnik Nuriddinov Saidolim Saidkamol o‘g‘li IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Saidolim Nuriddinov Ekspert-kriminalistika bosh markazi, kriminalistik ekspertiza va hisobga olish bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Mirzayev Jahongir Umirzoqovich Navoiy viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Jahongir Mirzayev IIV Navoiy akademik litseyi direktorining xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Amonov Jafar Jamiyevich Farg‘ona viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Jafar Amonov Toshkent shahar IIBB PPXvaJTSB boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov

Baholaganlar

442

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing