IIV Suriyada terrorchilik guruhiga qo‘shilgan fuqaroni qidiruvga berdi

3-sahifa

image

Suriyadagi terrorchilik guruhi tarkibiga qo‘shilib, hukumat qo‘shinlariga qarshi janglarda qatnashayotgan fuqaroga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 51 yoshli A.T. ismli fuqaro Suriyada faoliyat olib borayotgan “Katibatul Tavxid val Jixod” terrorchilik guruhi tarkibida mahalliy hukumat qo‘shinlariga qarshi janglarda qatnashib kelmoqda.

Shuningdek, T.A.ga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 1552-modda (Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki harakatlanish) va 2442-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan. 

Shu bilan birga, xabarda mazkur fuqaro haqida biror bir ma’lumotga ega bo‘lganlar hududiy ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqami orqali xabar berilishi so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 iyul kuni Sirdaryo va Surxondaryoda terrorchilik guruhining 9 nafar a’zosi ushlandi. Ular “Katibatul Tavxid val-Jixod” terrorchilik tashkiloti ta’sirida bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

924

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing