IIV Qamchiq dovonida harakatlanuvchi haydovchilarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga kirib kelgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli Qamchiq dovonida qor yog‘ib, havo harorati -16 darajaga tushib ketgan. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi dovonda harakatlanuvchi haydovchilarni ogohlantirdi.

YHXBB barcha haydovchilardan qoidalarga amal qilib, oraliq masofani saqlagan holda harakatlanishlari hamda gaz va tormoz tepkisini keskin bosmasliklarini so‘ragan. 

Shuningdek, haydovchilar zaruratsiz tungi vaqtlarda transport vositasida harakatlanmaslik to‘g‘risida ogohlantiilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston hududida sovuq ob-havo saqlanib qolishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

101

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing