IIV hududiy tuzilmasida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Mazkur o‘zgarishlar ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan tasdiqlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi:

Podpolkovnik G‘ayrat Ahmadjonoviy G‘aniyev Namangan viloyati Namangan shahar IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. G‘ayrat Ganiyev yangi ayinlovga qadar Uychi tuman IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Avazbek Ergashevich Xo‘jaxonov Namangan viloyati Uychi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Avazbek Xo‘jaxonov Namangan shahar IIO FMB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Baxtiyor Rahimovich Nadjimitdinov Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bahtiyor Najmiddinov avval Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Alisher Anvarjonovich Ashurov Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Alisher Ashurov tayinlovga qadar Uchko‘prik tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing