IIV hududiy tuzilmasida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Mazkur o‘zgarishlar ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan tasdiqlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi:

Podpolkovnik Anvar Mamatovich Normamatov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Anvar Normamatov Qiziriq tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Abduvohid Nayimovich Jalilov Buxoro viloyati Jondor tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Abduvohid Jalilov yangi lavozimga qadar Vobkent tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Azizjon Rajabovich Ashurov Buxoro viloyati Vobkent tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Yangi lavozimga qadar Azizjon Ashurov Olot tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Avvalroq, Toshkent shahrining Bektemir va Sergeli tumanlari IIO FMBga yangi rahbarlar tayinlangan edi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

IIV IIB

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing