IIOning eng yaxshi xodimlari ustama oladigan bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 24 avgustidagi 539-son qarori bilan Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash bo‘yicha respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

•    tegishli nominatsiyalar bo‘yicha ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni adolatlilik, xolislik, oshkoralik va kollegiallik prinsiplari asosida aniqlash;
•    tanlovning hududiy saralash va respublika final bosqichlarini o‘tkazish hamda g‘olib va sovrindorlarni aniqlash tartibi;
•    sinov natijalari asosida tashkiliy qo‘mitaning qarori bilan tegishli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash tartibi hamda ularga beriladigan imtiyozlar.

Tanlovda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, tergov va tezkor-qidiruv faoliyati sohalarida kamida bir yil ish tajribasiga ega ichki ishlar organlarining xodimlari ishtirok etishi mumkin.

"Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i" nominatsiyasi bo‘yicha hududiy ichki ishlar organi rahbarlik lavozimlarida kamida 2 yil amaliy ish tajribasiga ega ichki ishlar organlarining xodimlari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari bir oylik pul ta’minotining 50 foizi miqdorida, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan xodimlar - tegishlicha bir oylik pul ta’minotining 20 foiz va 10 foizi miqdorida bir yil davomida moddiy rag‘batlantiriladi.

Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash bo‘yicha respublika tanlovining tashkiliy qo‘mitasi tarkibi tasdiqlandi.

Tashkiliy qo‘mitaga tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarga vazirliklar va idoralar, boshqa davlat tashkilotlari vakillarini, OAV hamda keng jamoatchilikni jalb etish, xodimlarning tanlovga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish huquqi berildi.

IIVning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti tashkiliy qo‘mitaning ishchi organi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing