IIO xodimlari Qoraqalpog‘istonda yosh tadbirkorni kaltaklagani haqidagi xabarga izoh berildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani, Mang‘it shahrida yashovchi yosh tadbirkor IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. IIV Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov holatga munosabat bildirib, bu ma’lumotlar yolg‘on ekanini ta’kidladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 30 iyun kuni taxminan soat 23:00 da Amudaryo tumani Mang‘it shahrida joylashgan istirohat bog‘ida “Yoshlar festivali” o‘tkazilgan. Tadbir yakunlanib, fuqarolar tarqalayotgan vaqtda, shu yerda xizmat olib borayotgan IIB xodimlari, 7-8 nafar yoshlar o‘zaro janjallashayotganini ko‘rib, jamoat tartibini buzayotgan fuqarolarning shaxsini aniqlash maqsadida Amudaryo tumani IIBga taklif qilishgan.

Yoshlar orasida fuqaro U.N. IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay ularga faol qarshilik ko‘rsatgan. Fuqaro U.N. va uning sheriklari IIBga olib kelingan va navbatchilik qismida, videokamera tasviri ostida tegishli profilaktik suhbat o‘tkazilib, huquqbuzarliklari tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Shundan so‘ng, fuqaro U.N. IIB binosidan chiqib, Amudaryo tumani IIB profilaktika inspektorlari J.Ataniyazov va A.Nagimetov uni haqoratlab tan-jarohati yetkazganligi to‘g‘risida shikoyat qilgan.

Fuqaroning shikoyati prokuratura organlari tomonidan o‘rganilib, tuman IIB profilaktika inspektorlarining harakatlarida qonun buzilish holatlari aniqlanmangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

234

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing