IIBB Toshkentda 40 yoshli erkakni do‘pposlaganlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq Toshkent shahri Sergeli tumanida 40 yoshli erkak noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edik. Sergeli tumani IIO FMB xodimlari tomonidan 17 dan 18 yanvarga o‘tar kechasi Sergeli tumani 6-kvartalda sodir bo‘lgan janjal ishtirokchilarining barchasining shaxsi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 18 yanvar kuni, taxminan soat 23:50 larda 26 yoshli A.K. o‘zining boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobilida tanishlari 32 yoshli Z.X. va 40 yoshli Z.X. bilan Sergeli tumani 6-kvartaldagi avtoturargohga kelgan. Shu jarayonda ikki nafar fuqaro – 30 yoshli muqaddam sudlangan A.A. va 30 yoshli X.X. mast holatda bo‘la turib, avtomobilning yo‘lini to‘sgan. Buning oqibatida fuqarolar o‘rtasida janjal boshlangan. A. va X. avtomobilning oynalarini sindirib, avtomobilga shikast yetkazgan. Shundan so‘ng A.A. va X.X. fuqarolar Z.X. va Z.X.larni urib, ularga tan jarohati yetkazgan. Z.X. ga tan jarohati yetkazish jarayoni shu joydagi ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan videoga olingan va internet tarmog‘iga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar A.A. va X.X. ushlangan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

236

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing