IIBB Energetika vazirining shikoyatini rad etdi 

Jamiyat

image

Avvalroq, Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov iqtisodchi Otabek Bakirov ustidan Sag‘bon podstansiyasiga oid 2023 yilda yozilgan post bo‘yicha prokuratura va IIVga shikoyat arizasi kiritgani xabar qilingandi. Energetika vazirining shikoyat arizasi bo‘yicha Toshkent shahar IIBB jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Bu haqda Otabek Bakirov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.  

Bildirilishicha, boshqarma qaroriga AOKAning Energetika vaziri shikoyat arizasida ko‘rsatilgan vajlar mavjud emasligi haqida tegishli ekspertiza xulosasi, shuningdek, shikoyatga sabab bo‘lgan post yozilganiga 1,5 yildan ko‘p vaqt o‘tganligi asos qilib ko‘rsatilgan.

“Ichki ishlar organlariga mazkur ish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv va harakatlar uchun fuqaroviy tashakkur bildiraman”, deydi bloger.

Ma’lumot uchun, Energetika vaziri ushbu post mundarijasida haqorat va obro‘sizlantirish holatlari mavjud, deb hisoblab, bu bo‘yicha Bakirovga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilishini so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo'rabek Mirzamahmudov Otabek Bakirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing