IIBB 4 kishini qidiruvga berdi
3-sahifa
−
24 dekabr 2023
14010Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan ayblanib, tergovdan qochib yashiringanligi aniqlangan 4 nafar shaxslar qidirilmoqda. Buni boshqarma matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bildirilishicha, 1994 yilda tug‘ilgan Doniyor Dilmurodjon o‘g‘li Mamajonov, 1985 yilda tug‘ilgan Abdulla Abduraxmanovich Muhamedov, 1992 yilda tug‘ilgan Jamshid Abdulazizovich Soliyev va 1964 yilda tug‘ilgan Husan Xashimovich Isamitdinov jinoyat sodir etib, yashiringani aniqlangan va ularga nisbatan qidiruv joriy qilingan.
Shuningdek, Toshkent shahar IIBB fuqarolarga murojaat qilib, “Agar siz ushbu shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki ulardan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoxud ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha xabar topsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga, 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, degan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qidiruvdagi o‘zbekistonlik Bishkekda qo‘lga tushgan edi.