IIB xodimlari tirik olib ketgan fuqaroning jasadi qaytdi. IIV holatga izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlari tomonidan tirik olib ketilgan, fuqaroning jasadi qaytgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov holatga izoh berdi.

Uning ma’lum qilishicha, joriy yilning 11 fevral kuni soat 20:30 da Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani, Madaniyat mahallasida yashovchi fuqaro A.K. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, shu tumanning Chandir qishlog‘ida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro S.X. ko‘chada mast holatda qo‘ni-qo‘shnilar bilan janjallashib, ularning tinchligini buzayotganini ma’lum qilgan.

Voqea joyiga yetib borgan profilaktika inspektorlari huquqbuzarlik holatini rasmiylashtirib, mast holatda bo‘lgan, sog‘liqni saqlash organlarida spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan shaxs sifatida hisobda turuvchi fuqaro S.X.ni Respublika ixtisoslashtirilgan Narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati mintaqaviy filialiga joylashtirgan. Bemor S.X. shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilib, statsionar davolanishga yotqizilgan. Soat 23:40 da bemor S.X.ning sog‘lig‘i yomonlashgach, u Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo viloyati filialiga yetkazilgan.

Shifoxonada bemor S.X.ga shifokorlar tomonidan birlamchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, u 12 fevral kuni soat 01:30da “Alkogoldan o‘tkir zaharlanish og‘ir darajasi, aspiratsion sindrom, alkogol komasi o‘tkir nafas yetishmovchiligi II-III-darajasi, o‘tkir yurak qon tomiri yetishmovchiligi II-daraja” tashxisi bilan vafot etgan.

Holat prokuratura organlari tomonidan nazoratga olingan va o‘rganish natijasiga ko‘ra, marhum S.X.ning tanasida tan jarohati va boshqa jismoniy kuch ishlatish bilan bog‘liq belgilar aniqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV Qashqadayo

Baholaganlar

1397

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing