IIB xodimini kaltaklagan ikki kishi qamoqqa olindi
Jamiyat
−
15 dekabr 2020
7593Joriy yilning 29 noyabr kuni Guliston shahrida mahalla profilaktika inspektorini kaltaklagan ikki kishi qamoqqa olindi. Bu haqda IIV xabar berdi.
29 noyabr kuni tungi soat 01:00 larda Guliston shahar IIO FMB 3-son IIB navbatchilik qismiga Guliston shahar, "Bahor" mahallasi Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan “Safina” nomli kafeda janjal bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, voqea joyiga yetib borgan mahalla profilaktika inspektori Guliston shahar IIO FMBda, ma’muriy nazoratda turuvchi, “Safina” kafesini ish yurituvchisi bo‘lib ishlovchi fuqaro D.S. hamda uch nafar notanish shaxs birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirganini ko‘rgan. Ma’muriy nazorat ostida turgan D.S.ning nazorat qoidalarini buzib, spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirgani sababli ular o‘tirgan joyni o‘zining telefoni bilan fotosuratga olib, holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirish uchun ularni 3-sonli IIBga borishni taklif qilgan.
Shu vaqtda, uning oldiga mast holatda bo‘lgan fuqaro K.L. hamda ma’muriy nazorat ostida bo‘lgan D.S. kelib, xodimga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, ikkalasi birga profilaktika inspektorini bosh, yuz qismi va badanini turli joylariga urib-tepib, tan jarohati yetkazishgan. Profilaktika inspektorining telefon apparatini olib, yerga urib, sindirib, yaroqsiz holatga keltirishgan.
Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan fuqarolar K.L. va D.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qamoqqa olingan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi