“Ien” to‘foni AQSHga yopirildi. 14 kishi qurbon bo‘ldi (fotoreportaj)
Olam
−
30 Sentabr 2022
5432Joriy yilning 28 sentyabr kuni Florida (AQSH) shtatining janubi-g‘arbiy sohillariga “Ien” to‘foni yopirildi. To‘fon oqibatida hozirgacha kamida 14 kishi halok bo‘ldi.
Qayd etilishicha, “Ien” maksimal kuchga ega bo‘lgan paytda, Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha to‘rtinchi toifadagi to‘fon sifatida tavsiflangan, uning ichida shamol tezligi 70 m/s ga yetgan.
To‘fon Florida shtatining 2,6 million iste’molchisini elektr energiyasidan mahrum qilgan, uylarni suv bosib, yo‘llarni vayron qilgan. Ayni vaqtda shtatda favqulodda vaziyat e’lon qilingan. Meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, to‘fon AQSHda 6 oktyabrgacha davom etadi.
Florida gubernatori Ron DeSantis to‘fon yetkazgan zararni tarixiy deb atagan. U Floridadagi daryolardan birining toshishi har 500 yilda bir marta sodir bo‘ladigan hodisa ekanligini aytgan.
Tabiiy ofat Kubaning g‘arbiy qismidan ham o‘tgan. To‘fon tufayli respublikaning ayrim hududlarida elektr ta’minotidan uzilib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden 24 sentyabr kuni Florida shtatida yaqinlashib kelayotgan “Ien” tropik bo‘roni munosabati bilan favqulodda holat e’lon qilish haqidagi farmonni imzolagan edi va mahalliy hokimiyatlarga federal yordam ko‘rsatishni buyurgan.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi