Idlibdagi harbiy holat: Suriya armiyasida yangi bosh og‘riq paydo bo‘ldi
Olam
−
02 mart 2020
7534Turkiya daronlari Suriya harbiylarining yakka nishonlariga ham hujum qilmoqda: avtomobillar, zirhli transport vositalari va mototsiklchilar ham zarba ostida qolgan. Bu haqida “Rossiya 1” telekanali xabar bermoqda.
"Idlib osmonida turklarning zarba beruvchi dronlari paydo bo‘lishi bilan jang xarakteri tubdan o‘zgardi: Suriya qurolli kuchlarining so‘nggi kunlardagi yo‘qotishlari dronlarning hujumlari oqibatida yuz berdi. Hozir hatto avtomobil singari bir dona nishonlar ham xavf ostida qolmoqda", deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, turklarning zarba beruvchi uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalari Suriya armiyasining asosiy bosh og‘rig‘iga aylangan. Bundan tashqari, juda qimmat tursa ham Turkiya bunday zarbalar uchun pulni ayamayapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shanba, 29 fevral kuni Idlib viloyatining Sarakeb shahrida aviazarbalar davomida Suriya armiyasining o‘q-dorilari bo‘lgan mashina, bitta zirhli transport vositasi va suriyalik harbiylar harakatlanishi mumkin bo‘lgan mototsikl yo‘q qilingan.
Manbaning ta’kidlashicha, "agar Idlib osmoni turk dronlaridan tozalamasa, Suriya armiyasi o‘z pozitsiyasini saqlab qolishi juda qiyin bo‘ladi".
Avvalroq, Suriya hukumatining zenit qurilmalari Hama shahri atrofidagi turk uchuvchisiz samolyotlariga qattiq o‘q uzgani haqida xabar bergan edik. Bu orada, Suriya Qurolli kuchlari Idlib ustidan havo bo‘shlig‘i yopilganini e’lon qildi.
Hujumdan keyin Turkiya Prezidenti Rajab Erdo‘g‘an xavfsizlik yig‘ilishini chaqirdi. NATO kengashi Anqaraning talabiga ko‘ra Suriyadagi vaziyat bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazdi.
LiveBarchasi