Ichki ishlar vazirligi tiklanayotgan “post”lar masalasida izoh berdi

Jamiyat

image
Joylardagi nazorat postlari faoliyati tiklanyapti...mi? north_east

Joylardagi nazorat postlari faoliyati tiklanyapti...mi?

Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda viloyatlarning chegara hududlarida qayta tiklanayotgan “post”lar xaqida ma’lumotlar tarqatilib, nima sababdan bunday ishlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida savollar ko‘payib bormoqda.

Ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 377-son qaroriga muvofiq, respublika hududida mavjud bo‘lgan 133 ta yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va patrul-post xizmati postlaridan 74 tasining faoliyati tugatilib, bugungi kunda ulardan 59 tasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Shu bilan bir qatorda, yuzaga kelgan tezkor va kriminogen vaziyatni inobatga olgan holda, o‘rnatilgan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan kelishgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan yo‘l-patrul va patrul-post xizmati postlarini vaqtincha tashkil etish va tugatish tartibi mavjud.

Yurtimizda rejalashtirilayotgan nufuzli siyosiy va bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida xavfsizlikni ta’minlashni samarali tashkil etish maqsadida, ayrim hududlarda vaqtinchalik yo‘l-patrul va patrul-post xizmati postlari tashkil etilmoqda.

Fuqarolarimizdan ushbu xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oshirilayotgan muhim vazifalarni to‘g‘ri qabul qilishlarini hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli nomaqbul fikrlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz, deya xabar qildi vazirlik matbuot kotibi Sh.G‘iyosov.

Zafarbek Solijonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

253

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing