Joylardagi nazorat postlari faoliyati tiklanyapti...mi?
Jamiyat
−
02 dekabr 2019
11594Ijtimoiy tarmoqlarda hududlardagi bir nechta ichki nazorat postlari tiklanayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Unda aytilishicha, bunday postlar ulushi asosan Farg‘ona viloyati kesimiga to‘g‘ri kelmoqda. Xususan, viloyatning Oltiariq, Farg‘ona va boshqa tumanlarda joylashgan ayrim postlar faoliyati tiklanmoqda.
QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, bu holat jamoat xavfsizligi yuzasidan vaqtinchalik amalga oshirilayotgan tadbir. Tahririyat Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati bilan bog‘landi, biroq holat yuzasidan rasmiy izoh ololmadi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga yo‘llagan Murojaatnomasida viloyatlar o‘rtasidagi yo‘l-patrul postlarining eskicha joylashuvi harakatlanish erkinligini cheklab, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ichki va tashqi turizm rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini tanqid qilgandi.
“O‘zingiz o‘ylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday postlar mavjud. Endi tasavvur qiling, oddiy odam Xorazmdan Toshkentga mashinada kelmoqchi bo‘lsa, yo‘lda 17 ta postdan o‘tadi. Farg‘ona vodiysidan kelayotgan kishi esa 8 ta ana shunday postga duch keladi. Shu munosabat bilan viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlarini tugatish, patrul xizmati statsionar postlari sonini keskin kamaytirish lozim”, degan edi davlat rahbari.
Prezidentning tanqididan so‘ng, O‘zbekiston hududidagi mavjud 133 postdan 66 tasini tugatish to‘g‘risida xulosalar tayyorlangandi va keyinroq joylardagi bir nechta nazorat postlari faoliyati to‘xtatilgandi.
Zafarbek Solijonov
LiveBarchasi