Ichki ishlar vaziriga yana bir o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
29 iyun 2019
8479O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining yana bir o‘rinbosari o‘zgardi.
IIV Matbuot xizmatining xabar berishicha, Ichki ishlar vazirining Turizm va transport ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Qodirov tayinlandi.
Doniyor Qodirov 2019 yilning martidan buyon O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasiga rahbarlik qilayotgandi. U 2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Ichki ishlar vazirining Turizm va transport ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida shu paytgacha Shavkat Mavlonov ishlab kelayotgan edi. U bugun, o‘z lavozimidan ozod etilib, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.
LiveBarchasi