Ichki ishlar tizimiga 4500 dollar evaziga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyatida fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “firibgar” qo‘lga olindi. Bu haqda  Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G‘.Sh. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 4500 AQSH dollari evaziga IIV Qorovul qo‘shinlarining quyi tizimiga xizmatga joylashtirib qo‘yishga va’da berigan.

G‘.Sh. kelishilgan puldan 2500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan G‘.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing