Ichki ishlar xodimini o‘ldirishda ayblangan shaxs qo‘lga olindi

3-sahifa

0:00
0:00
download

Toshkent shahri Olmazor tumanida ichki ishlar xodimini o‘ldirishda ayblanayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov Telegram’dagi sahifasi orqali xabar berdi. 

“Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent shahar Olmazor tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurodovning hayotiga tajovuz qilgan fuqaro B.Z. qo‘lga olinib, protsessual tartibda chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga topshirildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 30 noyabr kuni soat 00:50 larda Toshkent shahar Olmazor tumani IIO Faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomudotov, tumanning ”G‘alaba” mahallasiga tezkor chaqiruv bo‘yicha yetib borib, xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, muqaddam sudlangan, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro B.Z. xodimning hayotiga tajovuz qilib, voqea joyidan yashiringan.

N.Bobomurodov voqea joyida vafot etgan. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing