Ichib olib, odamlarni haqorat qilgan IIV xodimi haydaldi
Jamiyat
−
28 dekabr 2020
11197Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlari xodimi mast holatda ko‘chada yurish qoidalarini buzgani va odamlarni haqoratlagani haqida xabar hamda video tarqaldi.
Ichki ishlar vazirligi xodimining xatti-harakatlari yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ushbu holat yuzasidan IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xodimi A.A. xizmat kiyimida mast holda jamoat tartibi hamda IIVning me’yoriy buyruq talablarini qo‘pol ravishda buzib, ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi, xodimlarga nisbatan fuqarolar tomonidan salbiy fikrlar uyg‘onishiga sababchi bo‘lganligi uchun ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.
LiveBarchasi