“Ichan-Qal’a” muzey-qo‘riqxonasidagi eksponatlarning bir qismi soxtaligi aniqlandi
Madaniyat-san’at
−
22 aprel 2022 11967 1 daqiqa
“Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida 100 dan ortiq buyum soxtaligi aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida o‘rganish ishlarini olib borgan.
O‘rganish davomida noyob ashyolar ro‘yxatiga kiritilgan ashyolar xatlovdan o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, jami 101 ta muzey ashyolari kirim kitobi tavsifnomalariga o‘lchami, materiali, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo‘yicha mos kelmasligi aniqlangan.
Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xat-hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr