“Ichan-Qal’a”dagi 33 ta tarixiy obidaga jiddiy zarar yetayotgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

“Ichan-Qal’a”dagi 33 ta tarixiy obidaga termitlar jiddiy zarar yetkazmoqda. Bu haqda Zoologiya instituti direktori Baxtiyor Xolmatov AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, UNESCO muhofazasidagi “Ichan-Qal’a” tarixiy yodgorlik majmuidagi 33 ta tarixiy obidaning yog‘och o‘ymakorligi ishlanmalariga termitlar jiddiy darajada zarar yetkazmoqda. Jumladan, Juma masjid muzeyi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Muhammad Inoq va boshqalar termitlardan kuchli, Termiz tumanidagi I-III asrlarga tegishli Buddaviylik ziyoratgohlaridan biri Fayoztepa obidasi hududining 100 foizi zararlangan.

Bundan tashqari, Surxondaryodagi Al Hakim At-Termiziy, Qashqadaryodagi Hazrati Imom masjidi, Navoiydagi Imom Hasan-Husan ziyoratgohi va Qoraqalpog‘iston respublikasidagi Mizdaxkan kompleksi tarixiy obidalarida ham termitlarning zararli faoliyati qayd etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, termitlar masalasi dunyo miqyosidagi yirik muammolardan biri hisoblanib, ular tufayli bino va inshootlarga juda katta zarar yetmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, termitlarning har yili keltiradigan zarari dunyo miqyosida 40 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi.

O‘zbekistonda esa termitlarning 2 turi: Turkiston termiti (Anacanthotermes turkestanicus Jacobs) 1904 hamda katta Kaspiy orti termiti (Anacanthotermes ahngerianus Jacobs) tarqalgan. 1904 turlari esa respublikaning deyarli barcha viloyat hududlarida mavjud.

O‘zbekistonda termitlarning zararli faoliyati yuzasidan olib borilgan monitoring ishlaridan so‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra respublika bo‘yicha:

- aholi turar joylarida – 18 958 ta holat;

- madaniy-tarixiy obidalarda – 46 ta holat;

- strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarda – 15 ta holat;

- ijtimoiy soha ob’ektlarida – 98 ta holat;

- dala va cho‘l zonalari, qabristonlar va boshqa ochiq joylarda – 1 082 ta maydonlar termitlarning mavjudligi aniqlangan.

Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari termitlardan kuchli zararlangan hududlar hisoblanadi.

Avvalroq, O‘zbekistonda o‘tgan 30 yilda madaniy meros ob’ektlariga yetkazilgan zarar miqdori 4 trillion so‘mdan oshgani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing