Ibrohimxalil Yo‘ldoshev “Nijniy Novgorod” bilan shartnomasini uzaytirdi

Sport

image

“Nijniy Novgorod” futbol klubi 21 yoshli himoyachisi, o‘zbekistonlik Ibrohimxalil Yo‘ldoshev bilan 3 yillik yangi shartnoma imzoladi. Natijada, Ibrohimxalil Novgorod klubi safida 2025 yilgacha qoladigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

“Nijniy Novgorod” jamoasi bosh direktori Ravil Izmayilov Yo‘ldoshevni iqtidorli va umidli futbolchi, deb atagan. Shuningdek, Ravil uning kelajakdagi faoliyatiga omad ham tilagan.

“Yo‘ldoshev O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynaydi. Qolaversa, u ancha iqtidorli va umidli futbolchidir. Bu mavsumda u Rossiya chempionatiga moslashdi. Uni muxlislarimiz sevib, hurmat qilishadi. Yo‘ldoshev bosh murabbiy ishonchiga sazovor bo‘ldi. Insoniy fazilatlar borasida esa Ibrohimxalil o‘zini bizga faqat eng yaxshi tomondan ochib berdi. Unga klubimiz uchun o‘yinlarda muvaffaqiyat va omad tilaymiz”, degan Ravil Izmayilov

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Yo‘ldoshev “Nijniy Novgorod” safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, Moskvaning “Spartak” klubi darvozasiga gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

9

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing