Ibragimovich ustidan tergov boshlandi

Sport

image

UEFA 39 yoshli shvetsiyalik futbolchi Zlatan Ibragimovich ustidan tergov boshladi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.

UEFA rasmiy saytining ma’lum qilishicha, “Milan”ning 39 yoshli hujumchisi Zlatan Ibragimovichning bukmeykerlik kompaniyalariga aloqasi borligini aniqlash va tekshiruv ishlarini olib borish uchun inspektor tayinlangan.  

Xalqaro Futbol Federatsiyasi (FIFA) etika kodeksi va Yevropa Futbol Uyushmalari Ittifoqi (UEFA) intizomiy qoidalariga ko‘ra, faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar uchun bukmeykerlik kompaniyasi aksiyadori bo‘lish taqiqlangan. Agarda Ibragimovichning aybi tasdiqlansa, u har qanday futbolga aloqador faoliyatlardan uch yilgacha chetlatilishi, shu bilan birga taxminan 99 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. 

39 yoshli Zlatanga ushbu jazo tayinlansa , u katta ehtimol bilan futbol bilan butunlay xayrlashadi.

Xabarlarga ko‘ra, Ibragimovich “Bethard” bukmeykerlik kompaniyalaridan birining aksiyadori hisoblanadi, shuningdek Zlatan 2018 yilda kompaniyaning rahbarlaridan biriga ham aylangan.

Ma’lumot uchun, shvetsiyalik hujumchi yaqinda “Milan” bilan shartnomasini bir yilga uzaytirgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ibragimovich futboldan chetlatilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

181

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing