Ibn Sino tug‘ilgan qishloqda yangi turistik majmua quriladi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatida turizmni rivojlantirish maqsadida bir qator e’tibordan chetda qolgan turizm ob’ektlari ta’mirlanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining bugun, 22 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida so‘z bordi. 

Qayd etilishicha, Buxoro viloyatida 2021-2022 yillar uchun umumiy qiymati qariyb 19 trillion so‘m bo‘lgan 713 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan. Shundan 555 tasi bu yil amalga oshirilishi, 14 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda xizmat ko‘rsatish sohasi salohiyatini to‘liq ishga solish, jumaladan, ziyorat turizmini yanada rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Jumladan:
•    qadimiy “G‘ijduvon qo‘rg‘oni”ni qayta tiklab, ochiq osmon ostidagi muzey barpo etish;

•    Vobkent tumanida “Shirin” qishlog‘ini etnoturizm maskaniga aylantirish;

•    Peshku tumanining Afshona qishlog‘ida “Ibn Sino zamonasi” majmuasini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. 

Shuningdek, Buxoro zardo‘zligi va zargarligi xalqaro festivalini o‘tkazish tashabbusi ilgari surilgan. 

Sessiyada ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, yangi ta’lim va tibbiyot muassasalari tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Joriy yilda Buxoroda Prezident maktabi faoliyat boshlaydi. Matematika, axborot texnologiyalari, kimyo-biologiya va fizikaga ixtisoslashgan 16 ta maktab tashkil etiladi. Shuningdek, 18 ta maktabni rekonstruksiya qilish belgilangan.

Davlat rahbari o‘z nutqida yoshlar masalalariga alohida to‘xtaldi.

“Yoshlarda juda ko‘p g‘oya, intilish bor. Ularga sharoit yaratib, yelkadosh bo‘lsak, ular juda katta kuch, qudrat, imkoniyat va kelajak egasi bo‘ladi”, deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

Sessiyada infratuzilmani rivojlantirish, ichimlik suvi va oqova tarmog‘ini yaxshilash, yo‘llar qurish va ta’mirlash bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Mirziyoyev ushbu yig‘ilishda Buxoro viloyati respublikasining boshqa viloyatlariga nisbatan riovjlanishdan 10 yil ortda qolganini aytgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Abu ali ibn Sino

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar