IBF Beterbiyev uchun himoya jangiga buyruq berdi

Sport

image

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) rossiyalik Artur Beterbiyev uchun chempionlik kamarini himoya qilish borasida jang tashkil qilmoqchi. Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.

Beterbiyev oxirgi jangida hamyurti Dmitriy Bivol ustidan qozongan g‘alabasi evaziga yarim og‘ir vazn toifasida mutlaq chempion bo‘lgandi. Bundan bir necha kun o‘tgach, IBF Beterbiyevga Maykl Eyfertga qarshi o‘z chempionligini himoya qilishni buyurdi.

Qayd etilishicha, Bivol vakillari IBF'ga xat yo‘llab, Beterbiyevga qarshi revansh jangi o‘tkazish hamda uning IBF kamarini himoya qilish muddatini keyinga surishni so‘ragan.

Agar IBF Beterbiyevni kamar himoya jangini keyingi surishga qaror qilmasa, u holda Beterbiyev chempionlik kamaridan voz kechib, Bivolga qarshi revansh jangini o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Artur Beterbiev Dmitriy Bivol Maykl Eyfert

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing