IHT va Kuvayt Isroilni ogohlantirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) va Kuvayt Tashqi ishlar vazirligi Isroilni yahudiylarning noqonuniy manzilgohlarida 4000 ta yangi bino qurish va 12 ta Falastin qishlog‘ini vayron qilmaslikka chaqirib, Tel-Avivni ogohlantirdi. Bu haqda "Anadolu" agentligi ma’lum qildi.

Tel-Aviv xalqaro huquq normalarini e’tiborsiz qoldirmoqda. Isroilning "turar-joy qurish va kengaytirish bo‘yicha mustamlakachilik siyosati" Falastin xalqining huquqlarini poymol qilishdir, deya ta’kidlagan IHT.

Kuvayt Tashqi ishlar vazirligi ham Isroil hukumatini Falastinning bosib olingan yerlarida yangi turar-joylarni kengaytirish loyihasini amalga oshirishdan ogohlantirdi.

Kuvayt TIVning ta’kidlashicha, Isroilning rejalari xalqaro huquqni ochiqdan-ochiq buzish va Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarga putur yetkazishdir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 aprel kuni Quddusdagi Al-Aqso masjidida falastinliklar va Isroil politsiyasi o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bunga Isroil politsiyasining muqaddas ziyoratgoh hududiga bostirib kirishi sabab bo‘ldi. Bu holat shundan beri har kuni takrorlanib kelmoqda.

Hozirgacha Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaman, Iroq, Liviya, Iordaniya va Turkiya Isroil kuchlarining Al-Aqsoga kiritganini qoralab chiqdi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqot qilib, Al-Aqso atrofidagi hodisalarga qarshilik ko‘rsatishini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Quddusdagi “Al-Aqso” masjidi musulmonlarning birinchi qiblasi hisoblanadi.

Mutaassib yahudiylar ziyoratgoh shoh Sulaymon maqbarasi vayronalari o‘rnida barpo etilgan deb, masjid hududiga tez-tez bostirib kiradi.

Isroil va Iordaniya o‘rtasida 1994 yilda tuzilgan kelishuvga binoan “Al-Aqso” masjidi Quddus Islom jamg‘armalari boshqarmasi tomonidan boshqariladi.

Biroq, 2003 yildan beri yahudiylar ma’muriyat ruxsatini e’tiborga olmay, Isroilning bir tomonlama qarori bilan politsiya hamrohligida ziyoratga bostirib kirishni boshladi. Islom jamg‘armalari boshqarmasi bunday harakatlar musulmonlar suverenitetining buzilishi ekanini ta’kidlaydi.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

602

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing