Hyundai yangi krossoveri taqdimotini o‘tkazadi
Texnologiya
−
08 Sentabr 2020
6633Koreyaning Hyundai kompaniyasi to‘rtinchi avlod Tucson krossoveri sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganini e’lon qildi. Brend matbuot xizmatining 8 sentyabrdagi xabariga ko‘ra, ushbu model Yevropaning umumiy foydalaniladigan yo‘llarida, shuningdek, Germaniyaning Nyurburgring poyga yo‘lida sinovdan o‘tkazilgan.
Sinovlar natijasida Hyundai muhandislari to‘xtatib turish, boshqarish va g‘ildiraklarni boshqarish tizimlarini to‘liq yakunlashgan. Yangi Hyundai Tucson krossoverining taqdimoti 15 sentyabr kuni onlayn formatda bo‘lib o‘tadi.
Modelning dizayni 2019 yil Los-Anjelesdagi avtosalonda namoyish qilingan Vision T loyihasi uslubida tayyorlangan. Avtoulovning faralari vizual ravishda trapetsiya ko‘rinishidagi radiator panjara bilan birlashtirilgan.
Yangi Hyundai Tucson 19 dyuymli qotishma g‘ildiraklar, uzun kapot bilan ta’minlangan. Krossoverning salonida raqamli asboblar paneli, multimedia tizimidagi katta sensorli displey mavjud.
Qolgan ma’lumotlar, shu jumladan krossoverning dvigateli haqida ham model taqdimotida e’lon qilinadi.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi