Hyatt Regency Tashkent pensiya oluvchilarning puliga qurilganmidi? - Munosabat

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Pensiya puliga qurilgan Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi xususiylashtiriladi” sarlavhali maqola paydo bo‘lgan edi. Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ushbu xabarga o‘z munosabatini bildirdi. 

“Maqolada “Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi pensiya oluvchilarning puliga bunyod etilgan”, mazmunidagi ma’lumotlar berilib, bu esa ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishiga va aholining savollariga sabab bo‘lmoqda.

Shu o‘rinda, avvalo, Pensiya jamg‘armasiga yuklatilgan asosiy vazifalarga to‘xtalib o‘tish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2009 yildagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Pensiya jamg‘armasi:

- fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil qiladi, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlarni tayinlaydi;

- pensiyalar hamda boshqa to‘lovlarni to‘liq hajmda moliyalashtiradi va to‘lanishini tashkil qilib, ular bo‘yicha hisob va  hisobotni yuritadi;

- pensiyalar tayinlanishi va qayta hisoblab chiqilishini tizimli asosda doimiy tahlil qilib, monitoringini olib borish, pensiya ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan qat’iyan maqsadli foydalanilishini ta’minlaydi.

Alohida ta’kidlash lozimki, Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hech bir ko‘rinishdagi loyihalarni moliyalashtirishga sarflanmaydi. Xususan, maqoladagi “Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi pensiya oluvchilarning puliga bunyod etilgan”ligi ko‘rsatilgan ma’lumot noto‘g‘ri keltirilgan hamda ushbu loyihaga Pensiya jamg‘armasi tomonidan hech qanday mablag‘ ajratilmagan. Jamg‘arma mablag‘laridan faqat pensiyalar to‘lovini moliyalashtirish uchun foydalaniladi.

“Amaldagi qonunchilik talablariga binoan, jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘lari mavjud bo‘lgan holda qisqa muddatli tijorat banklaridagi depozitlarga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtiriladi”, deyiladi xabarda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Hyatt Regency Tashkent

Baholaganlar

75

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing