Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi xususiylashtiriladi
Jamiyat
−
14 yanvar 2020
5598Poytaxt Toshkentdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi xususiylashtiriladi. Bu haqda bugun, 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan yig‘ilishda so‘z borgan.
Yig‘ilishda BAA kompaniyalari bilan erishilgan kelishuvlar bugun o‘z natijasini berayotgani ta’kidlandi. Masalan, “Masdar” kompaniyasi O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyasi qurilishiga 100 million dollar sarmoya kiritmoqda. 2019 yil oktyabr oyida quyosh energetikasida davlat-xususiy sheriklikka investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkazilgan ochiq tenderda ushbu kompaniya g‘olib deb topilgan. Qurilish ishlari 2020 yilning birinchi choragida boshlanishi kutilmoqda.
Yig‘ilishda BAA ishtirokida 1 milliard dollarlik kapitalga ega “The Abu Dhabi Uzbek Fund” investitsiya fondi tashkil etilgani qayd etilgan. Bugungi kunga kelib ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kichik va o‘rta loyihalarni, shuningdek, Samarqand shahrida mehmonxona qurish, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi xususiylashtirilishini moliyalashtirish ma’qullandi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mehmonxona "Poytaxt qurilish va xizmat" DUK balansida saqlanadi. Uning muassisi Toshkent shahar hokimligi hisoblanadi.
LiveBarchasi