“Humo Arena” muz saroyi qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2017 yilning boshida qurilishi boshlagan poytaxtdagi “Humo Arena” muz saroyida ishlar qizg‘in pallada. Joriy oyning boshigacha qurilish va pardozlash ishlarining 80-85% yakunlangan. Bu yerda qariyb 4000 kishi mehnat qilyapti.

Mahobati va chiroyi bilan dunyoning manaman degan binolari bilan tenglashishga tayyor bo‘lgan “Humo Arena” muz saroyi joriy yilning bahor oylarida ochilishi kutilmoqda. 

Avvaliga ko‘p funksiyali ushbu muz saroyini 2018 yil uchinchi choragida foydalanishga topshirish mo‘ljallangan edi. Keyin bu muddat 2018 yil oxiriga qoldirildi.

Markaziy arena o‘ziga 12 ming kishini o‘z bag‘riga olish imkoniyatiga ega. Bu yerda qishki sport turlari (xokkey, short-trek, figurali uchish va kyorling) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ko‘rgazmalar va forumlar tashkil etish mumkin. 

Kompleks yetti qavatdan iborat bo‘lib, ulardan biri yerostida joylashadi. Umumiy maydoni 82,2 ming kv metr, balandligi 40 metr. Uning yaqinida 1600 ta avtomobil uchun mo‘ljallangan to‘rt qavatli turargoh bunyod etilyapti.

Loyihaga Germaniya, Rossiya, Avstriya, Ispaniya, Fransiya, Italiya va boshqa davlatlardan o‘nga yaqin sherik kompaniyalar taklif etilgan. Ular metall konstruksiyalari, akustika, o‘rindiqlar, muz, kommunikatsiyalar va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib borishmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 1,5 trln so‘m bo‘lib, shundan 185 mln AQSH dollarini xorij investitsiyasi tashkil etadi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Humo Arena

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing