“Human” nashri rahbariyati noma’lum “organ xodimlari” tomonidan olib ketilgani aytilmoqda
3-sahifa
−
27 yanvar 2023
14296Bugun, 27 yanvar kuni soat 10:00 atrofida O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tgan “Human” internet-nashri direktori Xurshid Daliyev, sayt bosh muharriri Muslim Mirzajonov va saytning boshqa xodimlari o‘zini “organ xodimlari” deb tanishtirgan shaxslar tomonidan “Human” nashrining Toshkent davlat agrar universiteti hududida joylashgan ofisidan olib ketilgan. Bu haqda saytning Telegram-kanalida xabar berildi.
“Organ xodimlari” tomonidan ofisdagi eshiklar buzib kirilgan va ayni damda barcha ma’lumotlar, qurilmalar tintuv qilinmoqda”, deyiladi xabarda.
“Human” nashri tahririyati to‘satdan va ogohlantirishlarsiz olib ketilgan barcha insonlar salomatligi va holatidan qattiq qayg‘uda ekanini aytib, ularning hech biriga aloqaga chiqishning ilojisi bo‘lmayotganini ma’lum qilgan.
“Tahririyat ushbu holatni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti siyosatiga mutlaqo zid va so‘z erkinligiga tahdid deb hisoblaydi”, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Huquqni muxofaza qilish organlaridan vaziyatga oydinlik kiritilib, rasmiy munosabat berilishi so‘ralgan.
Ayni paytda “Human” nashrining sayti ishlamayapti. Huquq-tartibot organlaridan rasmiy izoh berilganicha yo‘q.
LiveBarchasi