Huawei zamonaviylik va kreativlikni o‘zida mujassam etgan holda innovatsiyalarni hayotga tatbiq etadi
Biznes
−
30 Sentabr
2215Huawei kompaniyasi Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan Huawei innovatsion qurilmalarini ishga tushirish tadbirida bir nechta yangi mahsulotlarni taqdimot etdi. Huawei WATCH GT 5, Huawei WATCH D2 seriyali smart soatlar va yangi dizaynli Huawei WATCH Ultimate. Kompaniya, shuningdek, Huawei MatePad Pro 12,2” va Huawei MatePad 12 X planshetlarining yangi modellarini ham namoyish etdi.
Huawei WATCH GT 5 smart-soati seriyasi: zamonaviylikning ko‘p qirraliligi
Huawei WATCH GT 5 seriyasidagi qurilmalarda birinchi marta Huawei smart-soatlari orasida Huawei TruSense tizimi joriy etildi, u salomatlik va jismoniy yuklama ko‘rsatkichlarini monitoring qilishning integratsiyalashgan imkoniyatlarini, yangilangan sensorlar va optimallashtirilgan algoritmlarni taqdim etadi, buning natijasida o‘lchashlar tezroq, aniqroq va har tomonlama bo‘ladi.
Geometrik dizayni bilan ajralib turadigan va 12 xil variantda taqdim etilgan Huawei WATCH GT 5 seriyasining standart versiyasi va Pro versiyasi qurilmalari ko‘p qirrali uslub g‘oyasini o‘zida mujassam etadi. Aerokosmik toifadagi titan qotishmasi va nanokristall keramikadan tayyorlangan Pro versiyasi modellari eskirishga chidamlilik tushunchasini yangi bosqichga olib chiqadi.
Huawei TruSense tizimi salomatlikni monitoring qilish texnologiyalari rivojida yangi bosqichni boshlab beradi. Endi soat nafaqat fiziologik, balki organizmning psixologik ko‘rsatkichlarini ham kuzatishi mumkin. Huawei o‘zining taqiladigan qurilmalarida yangi “Hissiyotlar” funksiyasini joriy etish orqali foydalanuvchilarga o‘zlarining hissiy holatini baholash va stressning salbiy ta’sirini oldini olish uchun o‘z vaqtida choralar ko‘rish imkonini beradi.
Yangi smart-soatlar sport bilan professional darajada shug‘ullanish uchun funksiyalar to‘plamini taqdim etadi. Huawei WATCH GT 5 Pro, shuningdek, kross yugurish uchun professional imkoniyatlar to‘plamini qo‘llab-quvvatlaydi, masalan, 10 metrgacha aniqlikdagi kesmalar bo‘ylab navigatsiya va topografik xaritalar.
Smart-soatlar batareyaning nihoyatda uzoq ishlash vaqtini ta’minlaydi: Huawei WATCH GT 5 46 mm va Huawei WATCH GT 5 Pro 46 mm 14 kungacha qo‘shimcha quvvatlantirilmasdan ishlay oladi, Huawei WATCH GT 5 41 mm va Huawei WATCH GT 5 Pro 42 mm – 7 kungacha ishlaydi.
Huawei WATCH D2: Yevropa Ittifoqining tibbiy uskunalar bo‘yicha qoidalari va Xitoyning tibbiy mahsulotlar nazorati bo‘yicha milliy boshqarmasi talablariga muvofiq sertifikatlangan, kunlik qon bosimini monitoring qilishni qo‘llab-quvvatlaydigan dunyodagi birinchi smart-soat
Bu Yevropa Ittifoqining tibbiy uskunalar bo‘yicha reglamenti va Xitoyning tibbiy mahsulotlarni nazorat qilish milliy boshqarmasi talablariga muvofiq sertifikatlangan, qon bosimining kunlik monitoringini qo‘llab-quvvatlaydigan dunyodagi birinchi smart-soatlardir.
Huawei WATCH D2 yengil va ixcham dizayni, ultra yupqa mexanik manjet va katta 1,82 dyuymli ekran bilan boshqalardan ajralib turadi. Qo‘l manjetli standart elektron tonometrlar bilan taqqoslaganda, Huawei WATCH D2 yengil vazni va ixcham korpusi bilan ajralib turadi, soatning kengligi tonometr kengligining 1/5 qismini, hajmi esa 1/25 ni tashkil qiladi. Bu deyarli har qanday vaziyatda arterial qon bosimini o‘lchash imkonini beradi.
Bundan tashqari, faqat bitta teginish foydalanuvchilarga tana holatining 8 ta indikatorini o‘lchash va “Salomatlik ko‘rsatkichlari” funksiyasi hisobotini yaratish imkonini beradi.
Huawei WATCH Ultimate smart-soati: qiziqarli kashfiyotlar
O‘tgan yili chiqarilgan Huawei WATCH Ultimate soatining yangi versiyasi foydalanuvchilarga golf rejimi funksiyasi va optimallashtirilgan “Ekspeditsiya” rejimi doirasida kengaytirilgan imkoniyatlarni taqdim etadi. Ushbu yangiliklar innovatsion texnologiyalar va qimmatbaho materiallar bilan birgalikda foydalanuvchilarga qiziqarli kashfiyotlar qilishga ham yordam beradi. Smart-soatlar nanokristall keramikadan yasalgan maxsus ikki rangli bezel bilan jihozlangan bo‘lib, oq va yashil ranglarning chiroyli tabiiy uyg‘unligiga murakkab va mashaqqatli ishlab chiqarish jarayoni orqali erishiladi.
Huawei MatePad Pro 12,2 plansheti: go‘zallik yaratib
Yangi flagmanli Huawei MatePad Pro 12,2 plansheti yaratuvchilari uni o‘z kreativligi hamda mahsuldorligini amalga oshirishga intilayotgan iste’molchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqdilar.
PaperMatte texnologiyasiga ega innovatsion Tandem OLED-ekrani bilan jihozlangan Huawei MatePad Pro 12,2” 2000 nitgacha maksimal yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa mukammal vizual tajribani ta’minlaydi. Dog‘lanishdan himoyalangan ekran nanozaharlash texnologiyasi yordamida ishlov berilgan. U tufayli ko‘zni qamashtirmaydigan yuza yaratiladi, bamisoli haqiqiy kitob yoki jurnal kabi qulay o‘qish va tomosha qilish tajribasini ta’minlaydi.
Planshet Huawei Glide Keyboard klaviaturasi bilan yetkazib beriladi. Uning yangi dizayni stilusni klaviaturaning yashirin bo‘limida ishonchli saqlash va shu bilan birga uni zaryadlashni ta’minlash imkonini beradi..
Foydalanuvchilar o‘z ijodiy salohiyatini namoyon qilish uchun planshetda o‘rnatilgan GoPaint ilovasidan foydalanishlari mumkin, u raqamli rangtasvir uchun keng turdagi vositalarni, jumladan, purkash va namlash samarali cho‘tkalarni taklif qiladi.
Huawei MatePad 12 X: hamma narsadagi yengillik
Huawei MatePad 12 X – bu yoshlar uchun maxsus ishlab chiqilgan yengil flagmanli plansheti. Ushbu modelning yuqori unumdorligi bugungi kunda haqiqiy trendsetterlar bo‘lgan foydalanuvchilarga eng dadil orzularni amalga oshirish imkonini beradi. Huawei MatePad 12 X PaperMatte versiyasi ultra yorqin PaperMatte ekrani bilan jihozlangan bo‘lib, bu planshetni o‘qish, yozish va kreativ g‘oyalarni amalga oshirish uchun mukammal qurilmaga aylantiradi va kontentni ko‘rishda maksimal qulaylikni ta’minlaydi.
2024 yil 19 sentyabr kuni Huawei kompaniyasi “Tabiiy kreativlik” shiori ostida GoPaint xalqaro kreativ kompaniyasini rasman ishga tushirdi. Bugundan boshlab va 2024 yil 31 dekabrga qadar butun dunyo havaskor rassomlari o‘zlarining noyob raqamli asarlarini Huawei Hamjamiyati platformasida o‘rtoqlashishlari mumkin.
Taqdim etilgan qurilmalarni Huawei kompaniyasining Toshkent shahridagi “Afrosiyob 28/14” manzili bo‘yicha joylashgan rasmiy brendshopida xarid qilish mumkin, yangi mahsulotlarning sotuvga chiqishi haqidagi yangiliklarni Huawei Mobile rasmiy sahifasida kuzatib boring.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi