HUAWEI – xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda bo‘lsin
Biznes
−
22 noyabr
2472Bugun har bir insonning qo‘lida, cho‘ntagida bor bo‘lgan smartfonlar foydalanuvchi haqida cheksiz ma’lumotlar manbai hamdir. Ha, siz ba’zan oila a’zolaringiz bilmaydigan sirlar, ma’lumotlarni aynan shu qurilmada saqlaysiz. Kontakt ma’lumotlari, bank karta raqamlari, yaqinlaringizning surat va videolari hamda yozishmalar. Ammo smartfonlar xavfsizligingizni qay darajada saqlay oladi? 100 foiz – agar sizning smartfoningiz HUAWEI rusumiga tegishli bo‘lsa.
Smartfonning ma’lumotlar xavfsizligi esa uning qaysi operatsion tizimda ishlashi bilan bog‘liq. Tanishing, HUAWEI yangilangan EMUI 14 operatsion tizimini taqdim etadi.
AppGallery – Google xizmatlarini ilovalar do‘konidan to‘g‘ridan to‘g‘ri qurilmaga xavfsiz yuklab olish mumkin. Endilikda siz ilovalarni yangilash uchun ortiqcha vaqt va kuch sarflashingiz shart emas. Buni siz uchun aqlli telefoningizning o‘zi bajara oladi. AppGallery’dan ilovalarni o‘rnating va keyingi yangilanishlar avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
- Shoshmang, HUAWEI da hali ham Google xizmatlari bormi?
- Xushxabar – yangilangan tizim barcha ilovalardan, jumladan, Google’dan ham foydalanish imkonini beradi.
EMUI 14 — HUAWEI kompaniyasining smartfonlari uchun ishlab chiqarilgan eng yangi interfeyslardan biri. U bilan bir vaqtning o‘zida smartfonda bir nechta funksiyalarni bajarish va yuqori energosamaradorlikka erishish mumkin. Bu tezkorlik va xavfsizlik kafolati bo‘lib, endilikda siz ilovalarning shaxsiy ma’lumotlaringizga qanchalik tez-tez kirishini osongina bilib olishingiz mumkin. Ushbu ma’lumot juda foydali formatda tasvirlangan bo‘lib, tizim darajasidagi xavfsizlik tekshiruvlari yordamida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga samarali javob berishga yordam beradi.
Nova tomonidan qo‘llaniladigan yangi o‘yin mexanizmi o‘yinlar paytida minimal kechikish hamda Maxfiylik markazi orqali yuqori ma’lumotlar xavfsizligi imkoniyatlarini ta’minlaydi.
EMUI 14 operatsion tizimi nafaqat qurilmalarning ish faoliyatini yaxshilaydi, balki YouTube, Gmail, Google Sheets va boshqa dasturlarni ham o‘rnatish imkonini beradi. Siz uni alohida shaklda yoki har qanday birinchi Google ilovasi bilan birga yuklab olish mumkin.
O‘rnatish bosqichlari
1. HUAWEI AppGallery’ni oching:
- O‘zingiz istagan Google ilovalarini qidiring.
- Qalqib chiquvchi oyna orqali MicroG’ni o‘rnating.
Shu bilan bir qatorda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishonchli manbadan MicroG yuklab olishingiz mumkin.
2. MicroG’ni o‘rnating:
- MicroG o‘rnatilgandan so‘ng, Google akkauntingizga kiring;
- Ilovani oching va undan bepul foydalaning.
3. MicroG’ni sozlang:
- Ishonchli saytdan MicroG Services va MicroG Companion’ni yuklab oling.
- Ularni qurilmangizga o‘rnating.
- Qurilma sozlamalariga o‘tib, undan Foydalanuvchilar va hisoblar bo‘limini tanlang va Google hisobini qo‘shing
Allaqachon Rossiya va Xitoy bozorlarini egallagan HUAWEI kompaniyasi o‘z mijozlarini xursand qilish uchun ishlashda davom etadi. U yillar davomida qurilmalarning ekotizimini rivojlantirib kelmoqda. Shu sababli ham korxona eng ommabop smartfonlar tarmog‘iga ega.
Biz sizga yuqori tezlik, xavfsizlik va qulaylik taklif qilmoqdamiz. Tanlov qo‘lingizda.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi