Huawei Barselonada o‘tayotgan MWC 2023 da Raqamli O‘zbekistonni qurish yuzasidan o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi

Biznes

image

Joriy yilning 27 fevral kuni 200 yuzdan oqtiq davlatdan tashrif buyurgan 2000 dan ortiq kompaniyalarni o‘zida jam qilgan Barselonada boshlangan Butunjahon Mobil Kongressi (MWC 2023) o‘z ishini boshladi. Unda 80 ming ishtirokchi, shu jumladan O‘zbekiston delegatsiyasi forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, shuningdek, innovatsion texnologiyalarning eng yirik ko‘rgazmasida ishtirok etadi.

MWC ning doimiy a’zosi sifatida Huawei bu yil bir qator tadbirlar o‘tkazadi va kelajakda aqlli dunyo yaratish hamda kundalik raqamli hayot, raqamli ish, raqamli ishlab chiqarish hamda butun jamiyatning yashil va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun ilg‘or infratuzilma yechimlarini taqdim yetmoqda.

Ishning birinchi kunida Raqamli texnologiyalar vazirligi, aloqa operatorlari va ekotizim hamkorlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Huawei stendiga tashrif buyurib, mamlakatda raqamlashtirishni jadallashtirish hamda O‘zbekiston aholisiga telekommunikatsiya va raqamli xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan asosiy innovatsiyalar va yechimlar bilan tanishishdi. Mehmonlarga telekommunikatsiya sohasi uchun sun’iy intellekt, bulutli hisoblash, ekologik toza va energiya tejovchi texnologiyalarga asoslangan yechimlar namoyish yetildi.

"O‘tgan yil davomida AKT ekotizimining barcha ishtirokchilarining birgalikdagi mehnati tufayli "Raqamli O‘zbekiston"ni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish sezilarli darajada tezlashdi. Elektron hukumat markazi uchun yagona ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazining ishga tushirilishi, aloqa operatorlari tarmoqlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, 5G loyihalarini amalga oshirish O‘zbekistonga raqamli transformatsiya ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini berdi, bu esa foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishni anglatadi. Bugun MWC doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi uchun biz AKT infratuzilmasini yanada mustahkamlashga va shu bilan birga yashil texnologiyalar orqali tarmoqlarning energiya samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yechim va texnologiyalarni taqdim yetamiz", deydi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay.

Kongress davomida Huawei global operatorlar, soha ekspertlari va fikr yetakchilari bilan bir qator dolzarb mavzularni, jumladan, rivojlanishning yangi imkoniyatlari, 5G biznes muvaffaqiyati, 5.5 Gga o‘tish, yashil rivojlanish va raqamli transformatsiyani muhokama qiladi. O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki dasturida kompaniya rahbariyati bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Butunjahon Mobil Kongressi 2023 Barselonada 27 fevraldan 2 martgacha bo‘lib o‘tadi. Huawei o‘z yechimlarini Fira Gran Via ko‘rgazma majmuasining birinchi pavilonidagi 1H50 stendida taqdim etadi. Qo‘shimcha ma’lumot olish, shuningdek, Huawei tadbirlarida onlayn ishtirok etish uchun Huawei.com havolasiga o‘ting.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing