HONOR Magic V2 taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Biznes

image

O‘zining yangi flagmanlik buklamafon – HONOR Magic V2’ni taqdim qilgan HONOR Berlinda o‘tkazilgan IFA-2023 elektronika va gadjetlar ko‘rgazmasining asosiy qahramoniga aylandi.  

Bu ishlanma so‘nggi innovatsiyalarga mos va insonga yo‘naltirilgan. Eng yengil va ingichka smartfon vazni bor-yo‘g‘i 231 g va buklangan holatda 9,9 mm qalinlikka ega. U ikkitalik kremniy-uglevodli yangi avlod akkumulyatori bilan jihozlangan va bu soatiga 5000 mA gacha yuqori sig‘imni ta’minlaydi. 

“HONOR buklamafon smartfonlari olis yo‘lni bosib o‘tgan. Har bir intengratsiya dizayn, funksionallik va uzoq yillar xizmat qilishda yangi imkoniyatlarni namoyon etadi”, – Jorj Chjao, HONOR bosh direktori. 

Magic V2 bu toifadagi dastlabki o‘ta yengil titan sharnir va yangi patentlangan HONOR po‘lati bilan jihozlangan. Smartfon SGS umrboqiylik sertifikatiga ega – 400 000 martadan ortiq buklashlar yoki kuniga 100 marotaba buklaganda 10 yilgacha xizmat qilish muddati.

50 Mp lik (f/1,9) asosiy kamera, 50 Mp lik (f/2,0) o‘ta keng burchakli kamera va 20 Mp lik (f/2,4) teleob’ektivdan iborat uchtalik kamera yorqin kadrlarni muhrlash ishqibozlarini xursand qilishi aniq. Old (frontal) kamera esa ikkita 16 Mp lik  (f/2,2) kamerani o‘z ichiga oladi.

Ishlab chiqaruvchilar tomonidan ko‘zga tushadigan og‘irlikni kamaytiruvchi maxsus tizim sababli hatto uzoq muddat foydalanilganda ham tomosha qilishda qulaylik ta’minlanadi. 

HONOR — aqlli qurilmalar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri. U jahonda nufuzli texnologik brendga aylanish va kuchli mahsulotlar yordamida yangi intellektual dunyoni yaratishga intiladi.  

Kelajakni HONOR Magic V2 bilan birgalikda quring!

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring hihonor.com

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing