Saloh va Alisson safga qaytadi

Sport

image

Angliya Premer ligasining navbatdagi turidan joy olgan  "Liverpul" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi bahsga "Liverpul" forvardi Muhammad Saloh va darvozaboni Alisson qarshi maydonga tushishi mumkin.

Bellashuv shu yilning 20 oktyabr kuni "Old Trafford"da bo‘lib o‘tadi. 

Braziliyalik golkiper jarohat sabab 9 haftani o‘tkazib yubordi, Saloh esa terma jamoalar o‘yinlari oldidan "Lester"ga qarshi bahsda to‘pig‘ini shikastlab olgan edi.

Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi darvozaboni Alisson 2018  yilda "Liverpul" safiga "Roma"dan kelib qo‘shilgan bo‘lsa, 
Muhammad Saloh Alissondan bir yil oldin "Roma"dan Liverpulga o‘tgan.

Muhammad Saloh o‘z navbatida dunyoning eng nufuzli musulmon futbolchilaridan biri sanaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Saloh va Alisson safga qaytishi mumkin

Baholaganlar

12

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing